«otabek sattoriy» tegli maqolalar


Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod etildi
5 fevral 2024, 17:04

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod etildi

2021-yilning mayida 6,5 yilga qamalgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy sud ajrimi bilan qamoqdan ozod etildi. Unga belgilangan jazo axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.

Bloger Otabek Sattoriy bahorda ozodlikka chiqishi mumkin
24 yanvar 2024, 17:23

Bloger Otabek Sattoriy bahorda ozodlikka chiqishi mumkin

Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.

Bloger Otabek Sattoriy manzil koloniyaga o‘tkazildi
11 dekabr 2023, 10:36

Bloger Otabek Sattoriy manzil koloniyaga o‘tkazildi

6,5 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi.

Huquq himoyachilari «Ahmadboy», Otabek Sattoriy va Fozilxodja Arifxodjayev saqlanayotgan koloniyalarga bordi
19 may 2022, 21:21

Huquq himoyachilari «Ahmadboy», Otabek Sattoriy va Fozilxodja Arifxodjayev saqlanayotgan koloniyalarga bordi

6,5 va 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan blogerlar Otabek Sattoriy va Fozilxodja Arifxodjayev Navoiy viloyatidagi koloniyalarda saqlanmoqda. Otabek qurilish mollariga naqsh bosayotgan bo‘lsa, Fozilxodja usta bo‘lib ishlayapti. Bu yerda shuningdek, «Ahmadboy» nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyev o‘z jazosini o‘tamoqda. Ombudsman va inson huquqlari himoyachilaridan iborat ishchi guruh mahkumlarni saqlash sharoitlari bilan tanishdi.

Oliy sud bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
5 aprel 2022, 21:32

Oliy sud bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Oliy sud muqaddam 6,5 yilga qamalgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishiga kassatsiya tartibida berilgan shikoyatni ko‘rib chiqib, hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi
15 iyul 2021, 12:10

Otabek Sattoriy ishi: sud hukmi o‘z kuchida qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.

«Otabek Sattoriy ishi»: Apellyatsiya shikoyati Samarqandda ko‘rib chiqiladi
14 iyun 2021, 16:20

«Otabek Sattoriy ishi»: Apellyatsiya shikoyati Samarqandda ko‘rib chiqiladi

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqiladi. Uning advokati ishni ko‘rib chiqish joyini o‘zgartirishni so‘rab, Oliy sudga ariza kiritdi.

Bloger Otabek Sattoriy 6 yarim yilga qamaldi
10 may 2021, 17:53

Bloger Otabek Sattoriy 6 yarim yilga qamaldi

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. U JKning ikkita moddasi bo‘yicha oqlandi, biroq tuhmat va tovlamachilik moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini ma’lum qildi.

Prokuror Otabek Sattoriyga 11 yil qamoq jazosi berishni so‘radi
5 may 2021, 16:56 1

Prokuror Otabek Sattoriyga 11 yil qamoq jazosi berishni so‘radi

Prokuror suddan Otabek Sattoriyni beshta bandda aybdor deb topib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Bloger tovlamachilik va tuhmat qilishda ayblanmoqda. Sudlanuvchining advokati Umidbek Davlatovning ta’kidlashicha, ayblovda ko‘rsatilgan holatlarning hech biri o‘z isbotini topmagan.

Otabek Sattoriy ishida jabrlanuvchi o‘z ixtiyori bilan arz qilganini aytdi
11 mart 2021, 17:54

Otabek Sattoriy ishida jabrlanuvchi o‘z ixtiyori bilan arz qilganini aytdi

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga qarshi arz qilgan dehqon bozori rahbari, uni hech kim ariza berishga majburlamaganligini va o‘z ixtiyori bilan shunday yo‘l tutganini ma’lum qildi. Jabrlanuvchi tasvirga olishda aynan nimadan qo‘rqqani, tovlamachilik sodir bo‘lishga undovchi aynan qaysi kamchilik yashirilgani bo‘yicha savolga aniq javob bermadi.

Bloger Otabek Sattoriyga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi
1 mart 2021, 13:03

Bloger Otabek Sattoriyga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini yakunladi. Blogerga avvalgi ayblovga tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish bo‘yicha moddalar bilan ham

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha qonun buzilmaganini ma’lum qildi
11 fevral 2021, 13:45

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha qonun buzilmaganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura bayonotiga ko‘ra, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning ishi bo‘yicha qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi. Bundan tashqari, bloger ustidan 7 ta holat bo‘yicha murojaatlar kelib tushgani aytilmoqda.

IIV bloger Otabek Sattoriy ishini muhokama qilishda javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirdi
11 fevral 2021, 09:58

IIV bloger Otabek Sattoriy ishini muhokama qilishda javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirdi

IIV surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning jinoiy ishi bo‘yicha tergovga aralashganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida «ijtimoiy tarmoq faollarini» ogohlantirdi. «Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan yurtimiz qonunchiligini hurmat qilishlarini talab qilamiz», dedi IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov.

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda
8 fevral 2021, 21:34

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda

Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting